Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 6-sentabrda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 22,64 so‘mga ko‘tarilib, 10 980,65 so‘mni tashkil qildi. Yevro 39,99 so‘mga pastlab, 10 896,10 so‘m bo‘ldi. Rubl 2,45 so‘mga tushib, 179,35 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi ketma-ket ikki kun ko‘tarilib, 10 958,01 so‘mni tashkil qilgandi.
Izoh (0)