Buxoroda 4-sentabr kuni Tenge Bank ATB Buxoro BXMga tegishli bankomatlarda yong‘in chiqdi.
Viloyat FVB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Buxoro shahar “Do‘stlik” MFY, Alpomish ko‘chasi yo‘l yoqasida joylashgan ushbu bankka tegishli bankomatlarda yong‘in chiqqani haqida xabar navbatchilik dispetcheriga soat 20:14 da kelib tushgan.
Yong‘in joyiga 2 ta qutqaruv avtoekipaji jalb etilib, soat 20:17 da yetib borib, soat 20:28 da to‘liq o‘chirilgan. Hodisa oqibatida qurilmaning 24 kvadrat metr tom va devor plastik qoplamalari yongan. Yong‘indan bankomatlar qurilmasining 20 kvadrat metr maydoni va Tenge Bank’ga qarashli 4 dona bankomat to‘liq saqlab qolingan.
Birlamchi ma’lumotga ko‘ra, yong‘inning kelib chiqishiga elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda. Hozirda moddiy zarar aniqlanmoqda.
Yong‘in oqibatida fuqarolarning kuyish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan.
Izoh (0)