O‘zbekistonda 5-sentabr kuni tush payti G3 darajaga ega 5 balli magnit bo‘ronlari kuzatilishi prognoz qilinmoqda.
So‘nggi marta O‘zbekistonda 5 balli magnit bo‘roni 22-avgust kuni kuzatilgandi.
“O‘zgidromet” mutaxassisi Erkin Abdulahadovning bildirishicha, magnit bo‘ronlarining G3 darajasi kuzatilgan davrda ko‘pchilikda bosh qismining orqa tomonida biroz og‘rish (karaxt) kuzatiladi. Bu paytda shu kabi insonlarga kamroq harakat qilish hamda uyda ko‘proq o‘tirish tavsiya etiladi.
Mavzuga doir: Kuchli magnit bo‘roni vaqtida qanday tavsiyalarga amal qilish kerak?
Izoh (0)