Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining avgust oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi.
Ro‘yxatdan “Paxtakor”ning uch nafar futbolchisi joy olgan bo‘lsa, “Nasaf”, “Qo‘qon-1912”, “Qizilqum” va “Olimpik”dan bir nafardan futbolchi nomzodlar qatorida.- Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”) – 5 o‘yin, 4 quruq o‘yin, 7 seyv
- Pshemislav Banashak (“Paxtakor”) – 5 o‘yin, 2 gol, 2 assist
- Sardor Sobirxo‘jayev (“Paxtakor”) – 5 o‘yin, 2 gol, 1 assist, 170 aniq uzatma, 20 yakkakurashda g‘olib
- Shohnazar Norbekov (“Qo‘qon-1912”) – 4 o‘yin, 3 gol, 1 assist
- Temurxo‘ja Abduholiqov (“Qizilqum”) – 4 o‘yin, 3 gol, 2 assist
- Ruslanbek Jiyanov (“Olimpik”) – 4 o‘yin, 2 gol, 2 assist
- Dragan Cheran (“Paxtakor”) – 5 o‘yin, 3 gol, 1 assist.
Iyun (iyul) oyining eng yaxshi o‘yinchisi sifatida “Navbahor” yarim himoyachisi Jamshid Iskandarov e’tirof etilgandi.
Izoh (0)