“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand Premyer Liga 6-turi doirasida “Aston Villa”ga qarshi kechgan o‘yinda (1:1) gol urdi.
Bu norvegiyalik futbolchi uchun APL joriy mavsumidagi 10-gol bo‘ldi. Hali hech qaysi futbolchi Premyer Ligadagi dastlabki oltita o‘yinida 10 tadan ko‘p gol urmagandi.
Miki Kuinn ham debyut mavsumidagi olti o‘yinda 10 ta gol urgan, Serxio Aguero va Diyego Kosta 8 tadan golga mualliflik qilgan, Yurgen Klinsmann esa — 7.
Izoh (0)