Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi chorak finalidan o‘rin olgan o‘yinlar 2 va 3-sentabr kunlari bo‘lib o‘tdi.
O‘yinlar yakuniga ko‘ra “OKMK”, “Navbahor”, “Nasaf” va “So‘g‘diyona” yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Yarim final bahslariga 8-sentabr kuni qur’a tashlanadi. Qur’a tashlash marosimi Superliga 18-turi doirasida “Qizilqum”—“Olimpik” uchrashuvi tanaffusi vaqtida bo‘lib o‘tadi.
Bir o‘yindan iborat uchrashuvlar 13 va 14-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Qayd etish kerak, kubok finalidagi g‘alaba jamoaga Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini taqdim etadi.
Izoh (0)