“Real” sobiq futbolchisi Marselo “Olimpiakos”ga o‘tdi.
34 yoshli braziliyalik uzaytirish huquqi bilan bir yillik shartnoma imzoladi, deya xabar beradi Fabrisio Romano.
Marselo “Madrid” safida 18 yil faoliyat olib bordi. Himoyachi “qaymoqranglilar” bilan 25 ta sovrin qo‘lga kiritgan. Bu klubdagi rekord natija. Ortda qolgan mavsumdagi Ispaniya chempionligidan so‘ng Marselo “Real”da 23 ta sovringa erishgan Fransisko Xentoni ortda qoldirib, klub tarixidagi eng ko‘p sovringa ega chiqqan futbolchiga aylangan edi.
Marselo “Real”dagi faoliyati davomida 6 marta Ispaniya chempionligi, 2 marta Ispaniya Kubogi, 5 marta Ispaniya Superkubogi, 5 marta Chempionlar Ligasi, 3 marta UEFA Superkubogi, shuningdek, 4 marta Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘alaba qozongan.
Izoh (0)