O‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runov faoliyatini “Ural” jamoasida davom ettiradi.
Yekaterinburg klubi 21 yoshli futbolchining transferi haqida ma’lum qildi.
Futbolchi 3-sentabr kuni jamoa tasarrufiga qo‘shiladi, mashg‘ulotlarni esa 5-sentabrdan boshlaydi.
Avvalroq O‘runov “Spartak” bilan shartnomani bekor qilgani xabar qilingandi.
Yarim himoyachi 2020-yil yozidan buyon Moskva klubi sharafini himoya qiladi. Futbolchi “qizil-oqlar” safida 9 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol muallifiga aylangan.
Izoh (0)