• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ertasini o‘ylagan, taraqqiyotni ko‘zlagan davlat ta’limga e’tibor qaratadi” — jurnalist

    O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda yillar davomida to‘plangan muammolar haqida so‘z ochib, ular ta’lim, sud, biznes, tibbiyot va suv masalasidagi muammolar ekanini ta’kidladi. Va 2026-yilga qadar mazkur masalalar yechimi bilan shug‘ullanib, muammolarni bartaraf etish haqida mas’ullarga topshiriq berdi.

    G‘olib Hasanov.

    G‘olib Hasanov.
    Foto: Telegram

    Xo‘sh, davlat rahbari muammolar haqida gapirib, nega aynan ta’limni birinchi o‘rinda tilga oldi? “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan jurnalist G‘olib Hasanov shu haqda fikr bildirdi.

    Ertangi kunini o‘ylagan, taraqqiyotni ko‘zlagan va yoshlarning kelajagiga befarq bo‘lmagan har qanday davlat ta’limga e’tibor qaratadi. Xuddi shunday ota-onalar ham farzandining jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, hayotda qoqilmasligi uchun yaxshi ta’lim-tarbiya olishiga e’tibor qaratishi kerak. Nima deb o‘ylaysiz, davlat rahbari nega aynan ta’limni eng birinchi bo‘lib tilga oldi? Fikri ojizimcha shuning uchunki, mamlakat siyosati, tanlagan yo‘liga mos ta’limni rivojlantirishga qaratilgan dastur bo‘lishi lozim.

    Qaysidir davlatning ta’lim standartini ko‘r-ko‘rona ko‘chirish emas, bir necha davlatning bu boradagi tajribasini o‘rganib, xalqning turmush tarzi, an’ana va qadriyatlariga xos va albatta, xalqaro talablarga mos ta’lim standartini yaratish kerak, — deydi G‘olib Hasanov.

    Jurnalist ta’limning bugungi kundagi ahvoli achinarli ekani haqida so‘z yuritib, buning sabablari haqida ham gapirdi.
    Ta’limning bugungi kundagi ahvoli qay darajaga tushib qoldi? Buning sabablari nimalardan iborat deb o‘ylaysiz? Ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarni kuzatsam, haligacha aniq bir yo‘l, maqsad yo‘qdek taassurot uyg‘otyapti. Juda ko‘p o‘zgarishlarni boshladik, birinchisini yakuniga yetkazmasdan ikkinchisiga qo‘l uryapmiz. Yoki bir tartib to‘la amalga oshirilmasdan turib, bekor qilinib, yangisi boshlanyapti. Bu soha vakillarini qiyin vaziyatga solib qo‘ymoqda. Rahbarlar qo‘nimsizligi ham ta’lim sifatiga ta’sir qilmoqda. Bir rahbar boshlagan ish, vazirlikdan boshlab maktabgacha, ikkinchi rahbar kelganidan so‘ng bekor qilinib, yangidan, yangi komanda bilan boshlanmoqda. Vaholanki, kim vazir, boshqarma boshlig‘i, direktor bo‘lishidan qat’i nazar, aniq bir maqsadni amalga oshirishga harakat qilish lozim.

    Kadrlar sifati, yoshlarning bilim darajasi pastligi prezident aynan ta’limga e’tibor qaratishiga turtki bo‘ldi. Shuni taqozo qildi. Mamlakatni malakali mutaxassislarsiz rivojlantirish qiyin ekanini anglab yetdik. Garchi reja va maqsadlar har qancha yuqori, dasturlar zo‘r bo‘lmasin, uni hayotga tatbiq etadigan inson intellekti kuchli bo‘lishi kerak, — deydi jurnalist.

    G‘olib Hasanov ta’limni rivojlantirish uchun qanday taklif berishi haqida ham so‘z yuritdi.
    Ta’limni rivojlantirish uchun prezident nima qilmoqchi va Siz nima taklif berasiz deyishsa, prezidentimiz ta’kidlaganidek, ta’limni avvalo maktabdan, maktabgacha ta’limdan boshlab rivojlantirishimiz kerak deyman. Ta’limdagi mas’ullar prezident talabini anglab, vazifasiga vijdonan yondashishi, ta’limga e’tiborning hayot-mamot masalasi ekaniga balandparvoz gap sifatida emas, o‘zining, yurtning kelajagi deb qarashi kerak. Birinchi navbatda maqsadni aniq qilib, unga erishish uchun rejalarni belgilash, tizimda qat’iy tartib-intizom o‘rnatish, korrupsiya, tanish-bilishchilik, qarindosh-urug‘chilikka qarshi keskin kurashish lozim. O‘qituvchining jamiyatdagi maqomini oshirish, uning hurmat-e’tiborini joyiga qo‘yish zarur. Shaxsan men bugungi jamiyatning ongli va faol a’zosi sifatida prezident jamoasiga bu borada ishonishimni, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘limdan kelganini qilishga tayyorligimni aytib o‘tmoqchiman”, — deydi jurnalist G‘olib Hasanov.

    Mavzuga doir: 

    • Shavkat Mirziyoyev Taraqqiyot strategiyasi doirasida 5 ta asosiy vazifani belgilab berdi
    • “Fuqarolar qonun oldida teng bo‘lgan davlat”. Shavkat Mirziyoyev Yangi O‘zbekiston qanday bo‘lishi haqida gapirdi

    01.09.2022, 22:10   Izoh (0)   11067
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistondan Pokistonga jo‘natilgan 40 tonna insonparvarlik yordami yetib bordi (video)

    01.09.2022, 21:54

    Toshkentdagi mahalla bayram kunida bir yarim soat elektrsiz qoldi

    01.09.2022, 20:59

    SHHT sammiti sabab Samarqand shahridagi bir qator ko‘chalarda transport vositalari harakati cheklanadi

    01.09.2022, 20:14

    Toshkentdagi maktablar yangi mavsumga shaymi? (video)

    01.09.2022, 19:14

    Turkiy davlatlarning mashhur fotograflari Qo‘qonga taklif etiladi

    01.09.2022, 19:13

    Samarqanddagi “Jartepa” chegara bojxona posti harakat uchun vaqtincha yopiladi

    01.09.2022, 18:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Los-Anjelesda noma’lum erkak odamlarga qarata o‘q uzdi

    Dunyo | 5 avgust, 23:55

    Samarqand viloyatining uchta tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:48

    Netanyaxu Tramp va Putin o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish uchun vositachilik qilmoqda — OAV

    Dunyo | 5 avgust, 23:45

    Toshkentda 21 kunda fuqarolardan 1715 ta tig‘li qurol musodara qilindi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:35

    Norvegiyada 75 ming yillik hayvon qoldiqlari topildi

    Dunyo | 5 avgust, 23:25

    Donald Tramp psixikasida kognitiv muammolar bor — The Guardian

    Dunyo | 5 avgust, 23:15

    Ko‘kdala tumanida yana zapravka portladi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:12

    Qirg‘iziston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

    Iqtisodiyot | 5 avgust, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.