Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellyatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi. Bu haqda Davlat test markazi xabar qildi.
Qayd etilishicha, apellyatsiya arizalari 6-sentabrga qadar “my.dtm.uz” sayti orqali (talabgorning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinadi.
Talabgor apellyatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.
Apellyatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.
Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Davlat test markaziga kelishi lozim.
Izoh (0)