AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda mamlakatda 17 mingdan ziyod tadbirkor ayol faoliyat ko‘rsatmoqda.
“Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari” tomonidan 154 085 nafar xotin-qizlar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilib, ularning 68 057 nafari bandligi ta’minlangan.
Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida xalqaro moliya institutlarining 300 million AQSH dollari miqdoridagi moliyaviy resurslari jalb etilishi belgilangan.
Shuningdek, 2022-yilda xotin-qizlar biznes-loyihalarini moliyalashtirish uchun qo‘shimcha 1 trillion so‘m ajratiladi.
Izoh (0)