Rossiyaning “AvtoVaz” kompaniyasi rahbariyati yengil avtomobil qismlarini yig‘ish liniyasiga 500 nafar O‘zbekistonlik mutaxassislarni ishga jalb qilmoqchi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.
“AvtoVaz” Rossiyada Lada avtomobillarini ishlab chiqaradi. Bu kelishuv agentlikning Samaradagi vakili va kompaniya o‘rtasidagi uchrashuvda muhokama qilingan.
Shuningdek, “Slasti” qandolatchilik korxonasiga 20 nafar O‘zbekiston fuqarosini ishga joylashtirishga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida ushbu korxonalarga hamkorlik aloqalarini o‘rnatish uchun tegishli hujjatlar to‘plami taqdim etildi.
Avvalroq Buyuk Britaniyada ishchilar yetishmasligi sabab oziq-ovqatlar isrof bo‘layotgani, buni bartaraf etish uchun O‘zbekistondan ham odamlar jalb qilingani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)