Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan talabalardan STIR (INN) talab etilmaydi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘qishga kirgan talabalardan talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati e’lon qilingan bo‘lib unda STIR ham ko‘rsatilgan. Natijada STIR raqami mavjud bo‘lmagan shaxslar yoki ularning yaqinlari tomonidan soliq organlariga telefon orqali yoki shaxsan borib STIR so‘rash holatlari uchramoqda.
“Shu munosabat bilan eslatib o‘tamiz, 2021-yil 1-iyuldan boshlab davlat soliq xizmati organlarida jismoniy shaxslarning hisobini yuritish jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)dan foydalangan holda amalga oshirilmoqda.
Shunga asosan, 2021-yil 1-iyuldan boshlab jismoniy shaxslarga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR)ni berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish to‘xtatilgan.
Barcha OTMlardan talabalikka tavsiya etilgan shaxslardan STIR talab qilmaslik so‘raladi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)