O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarini o‘z vaqtida “Prezident sovg‘asi” va darsliklar bilan ta’minlash uchun 2022/2023-o‘quv yilining 1-sinfga qabul jarayonlari 30-avgust kuni soat 18:00 da yakunlanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, barcha maktab rahbarlaridan, shu jumladan, nodavlat ta’lim tashkilotidan 1-sinfga qabul qilingan barcha o‘quvchilarni “adm.maktab.uz” elektron platformasiga kiritish jarayonini 30-avgust 18:00 ga qadar yakunlash so‘ralgan.
Ma’lumot uchun, bugungi kunga qadar respublika bo‘yicha 692 ming nafardan ortiq bolalar umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilingan.
Shuningdek, elektron qabul jarayonlari o‘tkazilayotgan hududlarda 105 ming nafardan ortiq bolalar my.maktab.uz platformasi orqali maktablarga onlayn tarzda qabul qilingan.
Izoh (0)