• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Rossiyada qo‘shma ta’lim bo‘yicha o‘qishga qabul qilinmay, Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llagan o‘zbekistonlik talabalarga yordam berildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti va Kuban davlat tibbiyot universiteti hamkorligida tashkil etilgan qo‘shma ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar va ularning ota-onalari murojaati e’lon qilingandi. Institut talabalarining murojaati ijobiy hal etildi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

    Kadr: YouTube

    Kadr: YouTube

    Qayd etilishicha, murojaatda Kuban davlat tibbiyot universitetida “Stomatologiya” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishni davom ettirish uchun tashkil etilgan imtihonlarda yetarli ball to‘play olmagan ayrim talabalarning noroziligi aks etgan. Mazkur holat yuzasidan tezkor o‘rganishlar olib borilgan.

    Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2019–2020-o‘quv yilidan boshlab Rossiyaning Kuban davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda “Davolash ishi” va “Stomatologiya” qo‘shma ta’lim yo‘nalishlari tashkil etilgan.

    2019-yil 27-martda ikki tomonlama tuzilgan shartnomaga muvofiq, o‘qishga qabul qilingan talabalarning “Davolash ishi” yo‘nalishi bo‘yicha 3 yil O‘zbekistonda va 3 yil Rossiyada, “Stomatologiya” yo‘nalishida esa 3 yil O‘zbekistonda hamda 2 yil Rossiyada ta’lim olishi belgilangan.

    2021–2022-o‘quv yili yakuni bo‘yicha “Stomatologiya” yo‘nalishida 46 nafar, “Davolash ishi” yo‘nalishida 40 nafar talaba 3-bosqichni bitirib, 2022-yil 21-avgust kuni Rossiyaning Kuban davlat tibbiyot universitetiga o‘quv yurti mutasaddilari boshchiligida yuborilgan.

    25-avgust kuni Kuban davlat tibbiyot universitetida “Stomatologiya” yo‘nalishi bo‘yicha 3-bosqichini bitirgan talabalaridan imtihon olinganda 46 nafaridan 25 nafari belgilangan ballni to‘plab, o‘qishni davom ettirishga tavsiya etilgan. Qolgan 21 nafar talaba belgilanganidan past ball jamg‘argani uchun imtihondan o‘ta olmagan.

    Shundan so‘ng ushbu talabalar va ularning ota-onalari tomonidan bildirilgan murojaat asosida Sog‘liqni saqlash vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Rossiya tomoni, jumladan, Kuban davlat tibbiyot universiteti ma’muriyati bilan tegishli muzokaralar olib bordi. Natijada imtihondan o‘ta olmagan talabalar rus tilini puxta o‘rganish sharti bilan ushbu universitetda o‘qishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

    Ma’lumot o‘rnida, o‘qishga qabul qilinmagan ushbu o‘zbekistonlik talabalar 27-avgust kuni YouTube orqali Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llagan edi. Unda talabalar aldov yo‘li bilan olib kelinib, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori uchrashuvda ularga rad javobini bergani, 20 nafar talaba qabul qilinib, qolganlar chetlatilgani bildirilgandi. Shuningdek, 30-avgust kuni o‘qishga qabul qilinmagan talabalar yotoqxonadan chiqarib yuborilishi ham aytib o‘tilgandi.

    29.08.2022, 21:01   Izoh (0)   8515
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston va Vengriya hamkorlikda kino suratga olmoqchi

    29.08.2022, 20:53

    Bosh prokuraturadan Qoraqalpog‘iston voqealari yuzasidan ba’zi fuqarolarning qamoq ehtiyot chorasini yengilrog‘iga almashtirish so‘raldi

    29.08.2022, 20:23

    Toshkentda yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib harakatlangan Lacetti jarima maydoniga joylashtirildi

    29.08.2022, 19:54

    UZTELECOM o‘z abonentlari uchun foydali va ko‘ngilochar xizmatlarni taklif etadi

    29.08.2022, 19:30

    Germaniya prezidenti Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston xalqini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

    29.08.2022, 19:28

    Poytaxtda kuzgi rejali to‘xtatish ishlari davomida issiq suvda uzilish bo‘ladi — hududlar ro‘yxati

    29.08.2022, 19:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Polshada dunyodagi eng qadimgi bumerang topildi (foto)

    Dunyo | 28 iyun, 14:45

    Kosondagi bog‘chada 2,5 yoshli qiz vafot etgani yuzasidan jinoiy ish ochildi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 14:30

    Janubiy koreyalik aktyor Li Min Xo muxlislaridan juda ko‘p sovg‘a olgani uchun tanqid ostida qoldi

    Kino | 28 iyun, 14:25

    Simone Inzagi: “Bunday bahslar bizning o‘sishimizga yordam beradi”

    Sport | 28 iyun, 14:22

    Oliy sud binosida elektr ta’minoti tiklangani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 14:15

    Avval fantastikadek tuyulgan endi esa haqiqatga aylangan 5 ta kino prognozi

    Kino | 28 iyun, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.