Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 30-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 31,44 so‘mga pastlab, 10 900,65 so‘mni tashkil qildi. Yevro 76,14 so‘mga tushib, 10 860,32 so‘m bo‘ldi. Rubl 3,27 so‘mga pastlab, 178,70 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi ketma-ket uch kun ko‘tarilib, 10 932,09 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro va rubl kursi ham oshgandi.
Izoh (0)