Veon rahbariyati Toshkent–Samarqand yo‘nalishidagi tez yurar poyezdda sayohatchilar endi Beeline orqali yuqori tezlikdagi internetdan bemalol foydalanishlari mumkinligi bo‘yicha axborot berdi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Veon kompaniyalar (Beeline Uzbekistan) guruhi bosh ijrochi direktori Kaan Terzio‘g‘lu bilan uchrashdi.
Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, mamlakatda telekommunikatsiya xizmatlari sifatini yanada rivojlantirish, AKT sohasiga yanada ko‘proq sarmoya jalb etish, xususan, mobil aloqa operatorlarining samarali faoliyat yuritishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgani ta’kidlandi.
Uchrashuvda “Raqamli O‘zbekiston–2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida Veon kompaniyalar guruhi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish ayniqsa magistral yo‘llarda mobil hizmatlarini yanada yahshilash masalalari muhokama qilinib, Toshkent—Samarqand yo‘nalishidagi tez yurar poyezdda yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha taqdimot ham o‘tkazildi.
Shu bilan birga Veon rahbariyati Toshkent–Samarqand yo‘nalishidagi tez yurar poyezdda sayohatchilar endi Beeline orqali yuqori tezlikdagi internetdan bemalol foydalanishlari mumkinligi bo‘yicha axborot berdi.
Tomonlar ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida keng qamrovli hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.
Izoh (0)