28-avgust kuni Toshkent viloyati dengiz sathidan 3 km va undan yuqori balandliklarida qor yog‘gan.
“Uzb_Meteo” xabar qilishicha, 28-avgust kuni antisiklon chekinish fonida Toshkent viloyatining ayrim baland tog‘li hududlarida havo harorati qariyb +5 darajaga pasaygan.
Bunday paytda tog‘ning yuqori atmosferasida harorat yerdagidan-da pasayib, nol darajaga yaqinlashadi. Tabiiyki, bunday holatda havodagi suv bug‘lari kristalizatsiyalashib, qor uchqunlariga aylanadi.
Dengiz sathidan 3 km dan yuqoriroq balandlikka ko‘tarilgan turistlar Chimyon tog‘liklarida kecha ayni shu manzara guvohi bo‘lishgan.
Izoh (0)