“Liverpul” Premyer Liga 4-turi doirasida kechgan bahsda “Bornmut”ni 9:0 hisobida mag‘lub etdi.
Bu mersisaydliklar ustozi Yurgen Klopp faoliyatidagi eng yirik g‘alaba bo‘ldi. Bunga qadar mutaxassis faoliyatidagi eng yirik hisob 7:0 edi. Klopp jamoalari uch bor shu hisobda g‘alaba qozongan.
2017-yilda “qizillar” YCHL guruh bosqichi doirasida “Maribor”6i 7:0 hisobida yutgan. O‘sha mavsum Moskvaning “Spartak”i ham shu hisobda mag‘lub etilgan.
Uchinchi bor nemis qo‘l ostidagi “Liverpul” 2020-yil APL doirasida “Kristal Pelas”ni 7:0 ga yutgan.
Avvalroq bu hisob APL rekordining takrorlanishi bo‘lgani va “Liverpul” chempionatlar doirasida uchinchi marta to‘qqizga to‘p farqi bilan yutgani xabar qilingandi.
Izoh (0)