“Liverpul” Angliya Premyer Ligasining 4-turida “Bornmut”ni 9:0 hisobida mag‘lub etdi.
Bu APL rekordining takrorlanishi bo‘ldi. Bunga qadar “Manchester Yunayted” (2015-yil, “Ipsvich”ga qarshi o‘yinda), “Lester” (2019, “Sauthempton”) va “Manchester Yunayted” (2021, “Sauthempton”) 9:0 hisobidagi g‘alabaga erishgandi.
Avvalroq mersisaydlar chempionat doirasida ikki bor 9 ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishga erishgan. Birinchi marta 1899-yilda ikkinchi divizionda “Roterhem Taun” (10:1), ikkinchi marta oliy divizionda 1989-yil “Kristal Pelas”ga (9:0) qarshi bahsda.
Yurgen Klopp shogirdlari mazkur o‘yinning birinchi bo‘limida besh marta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bunaqasi “Liverpul” ishtirokida APLda ilk bor sodir bo‘ldi.
Izoh (0)