Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida ikki oila yarashtirildi, deb xabar beradi viloyat Ichki ishlar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, Kitob tumani “Anorzor” mahallasida yashovchi ikki katta oila vakillari qariyb 30 yildan buyon o‘zaro adovatlashib kelgan. Mazkur sulolaviy nizoga chek qo‘yish maqsadida 3-sektor rahbari, tuman IIB boshlig‘i, podpolkovnik Ikrom Tog‘ayev boshchiligida ishchi guruh tuzilib, ushbu masala muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tgan.
“Yakunda tomonlar kelishuvi ta’minlanib, uzoq yillik nizoga barham berildi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)