O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Milliy merosga mening hissam!” aksiyasi doirasida aholi tomonidan jami 90 ga yaqin ashyo topshirildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, prezidentning 2022-yil 27-maydagi “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aholidagi madaniy boyliklarni davlat muzeylari tomonidan qabul qilib olishni rag‘batlantirish va ommalashtirishga qaratilgan “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasini o‘tkazish belgilangan edi.
Qarorga ko‘ra, 2022-yil 1-iyuldan boshlab ushbu aksiya tashkil etildi va doimiy ravishda o‘tkazilib borishi belgilandi. 1-avgustdan to shu kungacha olib kelingan ashyolarga 25 ta qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtirildi.
Shuningdek, aksiya doirasida fuqarolarda bo‘lgan madaniy boyliklarni beg‘araz maqsadda topshirish ishlari O‘zbekiston zamonaviy san’at muzeyida ham tashkillashtirilgan bo‘lib, 1-iyuldan shu kunga qadar jami 63 ta asar qabul qilib olingan.
Mavzuga doir: Buxoro “Ark” majmuasidagi eksponatlar sotuvga chiqarilgani haqidagi xabarlar rad etildi
Izoh (0)