Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining pley-off bosqichi javob o‘yinlari 24-avgust, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“PSV” o‘z uyida “Reynjers”ga yutqazib qo‘ydi. Bu g‘alaba orqali glazgoliklar Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga yo‘llanma oldi.
“Trabzonspor” va “Kopengagen” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda hisob ochilmadi. Daniya klubi ilk bahsdagi g‘alaba evaziga keyingi bosqichga yo‘l oldi. Zagrebning “Dinamosi” o‘z maydonida “Budyo-Glimt”ni yirik hisobda yengib, so‘nggi yo‘llanmaga ega bo‘ldi.
Shu tariqa Chempionlar Ligasi 2022/23-yilgi mavsumida ishtirok etadigan barcha jamoa nomi ma’lum bo‘ldi. Musobaqaga 25-avgust kuni qur’a tashlanadi.
YCHL
Pley-off, javob bahslari
24-avgust, chorshanba
“PSV” Niderlandiya – “Reynjers” Shotlandiya 0:1
Gol: 0:1 – 60 Cholak.Dastlabki bahs: 2:2
“Trabzonspor” Turkiya – “Kopengagen” Daniya 0:0
Dastlabki bahs: 1:2“Dinamo Zagreb” Xorvatiya – “Budyo-Glimt” Norvegiya 4:1
Gollar: 1:0 – 4 Orshich, 2:0 – 35 Petkovich, 2:1 – 70 Grenbek, 3:1 – 116 Drmich, 4:1 – 120 Bochkay.Dastlabki bahs: 0:1
Izoh (0)