Xonanda Selena Gomesning Malibudagi uyi muxlislarga tanish tuyulishi mumkin. Buning sababi okean sohilidagi ushbu ko‘chmas mulk avvalroq “Xanna Montana” shousida namoyish etilgan. Endi esa bu yerda Selena+Chef oshpazlik dasturining to‘rtinchi mavsumi suratga olinadi, deb xabar beradi Harper’s Bazaar.
Birinchi epizodning premyerasi arafasida Selena tomoshabinlarga o‘z uyining har bir qismini ko‘rsatib, kichik ekskursiya uyushtirdi. Aytgancha, uy yettita yotoqxona va sakkizta hammomdan iborat. Bundan tashqari, Tinch okeaniga qaragan terassa ham bor, u yerda xonanda kechqurun do‘stlari bilan suhbat qurishni yaxshi ko‘radi. Biroq Selena ko‘pincha vaqtini kameralar va chiroqlar bilan to‘ldirilgan oshxonada o‘tkazadi.
Mavzuga doir:
- Foto: Jennifer Lopez va Ben Afflekning yangi uyi qanday ko‘rinishga ega?
- Kamtarona dizayn: Gollivud aktrisasi Enn Xeteueyning 3,5 million dollarlik uyiga sayohat (foto)
- Adel Silvestr Stallonening uyini sotib olish uchun 30 yillik ipoteka krediti oldi. Endi xonanda har oy 200 ming dollardan ko‘proq pul to‘laydi
Izoh (0)