Buxoro viloyati Olot tumanida odam tashish qoidalarini buzgan haydovchilar aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, “UAZ” yuk avtomobili haydovchisi fermer xo‘jaligining 40 nafar ishchisini manziliga eltib qo‘yish uchun ulardan 5000 so‘mdan yig‘ib olgan.
Shuningdek, “UAZ kombi” rusumli o‘rindiqlari olib tashlangan avtomobilda ham 25 nafar yo‘lovchi olib ketilayotgani aniqlangan.
Qoidabuzarlarga nisbatan ma’muriy javobgarlik tayinlangan.
Izoh (0)