HeadHunter kompaniyasi “hh.uz” saytida 18 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan ish qidiruvchilarning rezyumelari dinamikasini tahlil qilib chiqdi. Bu haqda “Daryo”ga kompaniya ma’lum qildi.
Tahlil davomida mehnat va o‘qishni uyg‘unlashtirgan holda mehnat bozoriga yildan yilga ko‘proq talabalar kirib kelayotgani haqida xulosaga kelingan.
Masalan, 2022-yilda ularning soni o‘tgan yilga nisbatan ikki baravar ko‘paygan. O‘zbekistonda talabalarning rezyumelari bugungi kunda “hh.uz” saytidagi barcha ish qidiruvchi profillarning 29 foizini tashkil qiladi.
Ariza beruvchilarning rezyumelarida eng keng tarqalgan kasblar:
- Sotuvchi yordamchisi, kassir — 13,4 foiz;
- Call-markaz operatori, aloqa markazi mutaxassisi — 6,7 foiz;
- Kuryer — 5,9 foiz;
- Dasturchi — 4,6 foiz;
- Savdo menejeri, hisob menejeri — 4,3 foiz;
- Kredit bo‘yicha mutaxassis — 4 foiz;
- Administrator — 3,9 foiz;
- Buxgalter — 3,6 foiz;
- Call-markaz operatori, aloqa markazi mutaxassisi — 3,1 foiz;
- Tarjimon — 2,3 foiz;
Talablar orasida eng kam talab chorvachilik mutaxassisi, payvandchi, farrosh va avtoyuvuvchi kasblariga bo‘lmoqda.
O‘zbekistonda talabalar kutayotgan o‘rtacha ish haqi 2,9 mln so‘mni tashkil etadi.
Avvalroq O‘zbekistonda iyul oyida qaysi soha vakillari eng ko‘p maosh olishi ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh (0)