Toshkent shahridagi 21-sonli mehribonlik uyining eshiklari yopildi, deb xabar bermoqda “Mehribonlik.uz”.
Qayd etilishicha, mazkur mehribonlik uyida 5 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 122 nafar bola tarbiyalangan. Bugungi kunda 67 nafar tarbiyalanuvchi oilaviy sharoitda voyaga yetayotgan bo‘lsa, 12 nafari bugun Toshkentdagi 5 ta oilaviy bolalar uyida yashaydi.
6 nafar bola ota-onasi yoki yaqin qarindoshlariga qaytarilgan. Bu bolalar ota-onasidan birini yoqotgan yoki butunlay ota-onasidan ayrilgan bolalar hisoblanadi. Milliy gvardiya va hamkor vazirliklarning harakatlari bilan ularning qarindoshlari topilib, oilasiga qaytarilgan. 50 dan ortiq o‘g‘il-qiz vasiylikka olingan.
Bolalar 18 yoshga to‘lib, voyaga yetgach muassasani tark etgan. Natijada 21-sonli Mehribonlik uyida atigi 27 nafar tarbiyalanuvchi qolgan. Shu bois barcha bolalar Toshkent shahrida joylashgan 22-sonli mehribonik uyiga o‘tkazilgan.
21-sonli mehribonlik uyi esa o‘z faoliyatini yakunlagan.
Mavzuga doir:
- Rossiyadagi mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan besh nafar bola Buxoroga qaytarildi
- Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilaridan iborat O‘zbekiston terma jamoasi xalqaro musobaqa g‘olibiga aylandi
- Toshkentda mehribonlik uylari bitiruvchilariga ko‘p qavatli uy yerto‘lasidan xonadon ajratilayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi
Izoh (0)