• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Sulton Sulaymon taxtda”. Andijondagi tuman hokimi Amir Olimxon, Asadbek va Sulton Sulaymonga qiyoslanmoqda

    Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon tumani hokimi Abdujabbor Egamberdiyevning 20-avgust kuni hokimlik binosi hovlisida fuqarolar uchun bo‘lib o‘tgan sayyor qabuli keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

    Foto: Andijon tumani hokimligi

    Foto: Andijon tumani hokimligi

    Tarmoq foydalanuvchilarining ayrimlari izohlarda hokimni Amir Olimxon deb atagan bo‘lsa, aksariyati “Shaytanat” filmidagi Asadbekka qiyoslaganini ko‘rish mumkin. Yana bir foydalanuvchi esa suratga “Sulton Sulaymon taxtda”, deya ta’rif bergan. Boshqasi hokimining fuqarolarga bepisand munosabatda bo‘layotganligini feodolizmning bir turi deb atagan.

    Foto: Andijon tumani hokimligi

    Foto: Andijon tumani hokimligi

    Tuman hokimligi axborot xizmati ushbu holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, hokimning bu tartibdagi sayyor qabuli haftaning har shanba kuni bo‘lib o‘tishini bildirgan.

    Foto: Andijon tumani hokimligi

    Foto: Andijon tumani hokimligi

    “Fotolavhalardan biridagi fuqaro qo‘shni tumanda yashovchi S.Qodirov bo‘lib, tuman hokimiga minnatdorlik bildirish uchun kelgan. Sababi ushbu fuqaroga takroriy ekin ekish uchun Cho‘lpon massivi “Shokirjon” fermer xo‘jaligidan belgilangan tartibda ekin yeri ajratib berilgan. Mazkur yerdan unumli foydalangan fuqaro tuman hokimi sayyor qabuliga kelib, amalga oshirilayotgan islohotlardan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga berilayotgan imkoniyatlardan minnatdor ekanligini aytgan.

    Foto: Andijon tumani hokimligi

    Foto: Andijon tumani hokimligi

    Tuman hokimligi matbuot xizmati xodimlari ushbu fuqaro bilan muloqot qilganda u tuman hokimidan minnatdor ekanligini va yaxshi munosabatda bo‘lganini bildirdi. Tuman hokimi ijtimoiy masofa saqlagani yuzasidan esa hech qanday e’tirozi yo‘qligini ta’kidladi. Eslatib o‘tamiz, Andijon tumanida fuqarolar murojaatlari bo‘yicha sayyor qabullari haftaning har shanba kuni tuman hokimligining ochiq hududida fuqarolar bilan ijtimoiy masofa saqlangan holatda bo‘lib o‘tadi”, — deyiladi hokimlik munosabatida.

    Foto: Andijon tumani hokimligi

    Foto: Andijon tumani hokimligi

    “Daryo” manbalarining ma’lum qilishicha, 2021-yilning fevralidan buyon ushbu tumanga hokimlik qilib kelayotgan Abdujabbor Egamberdiyev qabulga kelgan fuqarolarni aynan shu ayvonning tashqarisida o‘tirgan holda qabul qilib kelgan.

    Foto: Andijon tumani hokimligi

    Foto: Andijon tumani hokimligi

    Hokimlikning telegram kanaliga tayanilsa, hokim ilk marotaba 2021-yilning 24-aprel kuni fuqarolar bilan oraliq masofani saqlagan holda qabul o‘tkazgan. Unda tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i F.Maqusdov bilan birga o‘tirganini ko‘rish mumkin. Bunday holatlar 2021-yilning 29-may, 26-iyun, 3- va 31-iyuldagi, 2022-yilning 23-iyul, 30-iyul, 6-,13-, 20-avgustdagi hokim qabullarida ham kuzatilgan.

    Foto: Andijon tumani hokimligi

    Foto: Andijon tumani hokimligi

    Abdujabbor Egamberdiyev Andijon tumani hokimi etib tayinlanguniga qadar 2013-yildan buyon Andijon viloyati hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifalarida faoliyat yuritgan.

    Mavzuga doir: Andijon hokimi prezident qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha qaror qabul qildi. Qarorida vazirlarga, Toshkent shahar hokimiga topshiriq berdi

    22.08.2022, 22:37   Izoh (0)   77748
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sirdaryoda uyga o‘g‘rilikka tushgan shaxs 14 yoshli qizni pichoqlab o‘ldirdi

    22.08.2022, 22:26

    Jizzaxda mast haydovchi YPX xodimlaridan qochmoqchi bo‘ldi

    22.08.2022, 22:10

    O‘zbekistonda Finlyandiya ta’lim modeliga asoslangan nodavlat universitet ish boshladi

    22.08.2022, 21:58

    “Tadbirkorlikni rivojlantirishda ta’limga juda katta e’tibor berilyapti” — Namangan metallurgiya zavodi bosh direktori

    22.08.2022, 21:35

    “Prezidentning o‘zi har bir tadbirkorning murojaatidan xabardor bo‘lishi ajoyib” — Murod Nazarov

    22.08.2022, 21:26

    Surxondaryoda 22 sotix yerni 17,6 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    22.08.2022, 21:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Instagram: Abduqodir Husanov to‘yi yulduzlarni jamladi, Milena Madmusayeva yangi mashinali bo‘ldi, Munisa Rizayevaga 10 ming dollarlik soat sovg‘a qilishdi

    Shou-biznes | 30 may, 09:48

    HAMAS rasman AQSHning o‘t ochishni to‘xtatish rejasini rad etdi

    Dunyo | 30 may, 09:37

    Aktyor bo‘lmaganda, film ham bo‘lmasdi: Gollivud yulduzlari uchun maxsus yaratilgan rollar

    Madaniyat | 30 may, 09:26

    Xorazmda O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi boshlig‘i 10 ming dollar olayotganida ushlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 09:15

    Eron Kubogi. “Istiqlol” “Malavan”ni mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqdi. Masharipov zaxirada qoldirildi (video)

    Sport | 30 may, 08:48

    Rossiya Eron dronlarini oltin quymasida sotib olgan — OAV

    Dunyo | 30 may, 08:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.