Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi klinikada burnini operatsiya qildirayotgan 9 yoshli bola vafot etdi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, xususiy shifxonada 2016-yilda tug‘ilgan bola vafot etgani yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Tekshirish harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’kidlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga ko‘ra, bola burnini operatsiya qildirayotgan bo‘lgan.
Bundan avval Bloger Farhod Mannopov o‘limida operatsiya qilgan jarroh emas, anesteziolog aybdor deb topilgan edi. Shuningdek, Farg‘onada bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib tashlab, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan shifokor jazolangan edi.
Izoh (0)