• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazdi. Endi nimalar o‘zgaradi?

    Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida tadbirkorlik sohasi uchun muhim bo‘lgan qator o‘zgarishlar e’lon qilindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Mikro, kichik va o‘rta biznes

    Ochiq muloqotda tadbirkorlik korxonalarini toifalarga ajratib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha alohida yondashuvlar belgilandi.

    Bunda, korxonalar yillik aylanmasi bo‘yicha quyidagi toifalarga ajratilmoqda:

    • 1 milliard so‘mgacha bo‘lgani – mikro biznes;
    • 10 milliard so‘mgacha bo‘lgani – kichik biznes;
    • 100 milliard so‘mgacha bo‘lgani o‘rta biznes.
    Shundan kelib chiqib, tadbirkorlarga ayrim yengilliklar ham berilmoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Mikro biznes uchun yagona soliq stavkasi

    2023-yil 1-yanvardan boshlab mikro biznes uchun aylanmadan olinadigan soliqning amaldagi 4 foizdan 25 foizgacha bo‘lgan soliq stavkalari o‘rniga, yagona 4 foizli soliq stavkasi joriy etiladi. Bunda, olis hududlardagi va alohida toifadagi tadbirkorlar uchun, amaldagi 1 va 2 foizli stavkalar saqlab qolinadi.

    Soddaroq aytgandda, oldingi tartib bo‘yicha, “oborot”i bir yilda 100 million so‘m bo‘lgan tadbirkor 4 million so‘mdan 25 million so‘mgacha soliq to‘lagan. Endi esa yagona stavka — 4 million so‘m to‘laydi, xolos. Bu savdo aylanmasi miqdoridan kelib chiqib, o‘zgarishi mumkin. Ya’ni, masalan, 1 milliard so‘m aylanmaga ega bo‘lganlar 250 million o‘rniga 40 million to‘laydi.

    Yana bir muhim yangilik — agar tarbirkor o‘z xohishi bilan 20-30 million so‘m soliq to‘lasa, buxgalteriya hisobini yuritish va o‘sha hisobotni soliq idoralariga yuborishi shart bo‘lmaydi. Bu orqali tadbirkor, birinchidan 40 milliondan kamroq soliq to‘laydi, ikkinchidan qog‘ozbozlikdan ozod bo‘ladi.

    Ushbu o‘zgarishlar mikro biznes egalarida kelajakka xavotir hissini yo‘qotadi. Chunki soliq stavkasining turli darajalari borligi uchun ular imkon qadar pastroq soliq stavkasida yurishga harakat qiladi, bu esa o‘z navbatida ayrim qonunbuzarliklar va yashirin iqtisodiyotni ham keltirib chiqarishi mumkin.

    Qolaversa, mikro biznes egalarining aksariyati alohida buxgalter shtati saqlamaydi, bu iqtisodiy tomondan ham o‘zini oqlamaydi. Bundan tashqari ularni har oy turli soliq hisobotlari bilan boshini qotirish ham aslida noto‘g‘ri bo‘ladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foyda solig‘ining 50 foizi

    2023-yil 1-yanvardan boshlab aylanmasi 1 milliard so‘mdan oshib, umumiy soliq to‘lash tartibiga o‘tgan korxonalar bir yil davomida foyda solig‘ini 2 barobar kam to‘laydi. Bu imtiyoz 370 ming kichik tadbirkorga yengilliklar yaratadi va ularga juda katta stimul beradi.

    Qayd etish kerakki, ayrim tadbirkorlar soliq yukidan qochib, daromadlarini yashiradi va turli yo‘llar bilan o‘zini mikro biznes vakili qilib ko‘rsatishga urinadi. Ushbu yangilik mikro biznesdan kichik biznesga o‘tgan tadbirkorlarga o‘z o‘rnini topishda katta yordam beradi.

    Prezidentning qayd etishicha, aylanmasi 10 milliard so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlarga xabardor qilish orqali soliq to‘lovlarini 6 oy ichida foizsiz bo‘lib to‘lash imkoni beriladi. Agar tadbirkor xohlasa, uning soliq hisobotlarini soliq idoralari ko‘makchi bo‘lib, yuritishga ham yordamlashadi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Qorong‘uda ishlash vaqti o‘tdi”

    Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida tez o‘sib borayotgan yuqori salohiyatli o‘rta korxonalar sonini hozirgi 3,5 mingtadan 10 mingtaga yetkazish zarurligini ta’kidladi.

    Buning uchun, 2023-yil 1-yanvardan:

    1. kichikdan o‘rta biznesga o‘tgan korxonalar ikki yil davomida foyda solig‘ining faqat 50 foizini to‘laydi;
    2. mulkni sug‘urta qilish xarajatlarining 50 foizi davlat hisobidan qoplab beriladi;
    3. soddalashtirilgan soliq, moliyaviy va statistika hisobotlari joriy etiladi;
    4. davlat xaridlarida 20 foiz kvota o‘rnatilib, ushbu xaridlar doirasida ularga oldindan 50 foiz mablag‘ to‘lab beriladi (amalda 15 foiz).
    “Endi O‘zbekistonda qorong‘uda ishlash yo‘q bo‘lishi kerak. U zamon o‘tib bo‘ldi. Endi ochiq ishlaylik, halol ishlaylik, soliq to‘laylik, manfaat topaylik”, — dedi davlat rahbari.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Pasaytirilayotgan QQS

    Eng muhim yangilik – bu shubhasiz, 2023-yildan boshlab, qo‘shilgan qiymat solig‘ining 15 foizdan 12 foizga pasaytirilayotgani bo‘ldi.

    Shavkat Mirziyoyev 2021-yilgi tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida biznes uchun soliq yukini tushirish siyosatini davom ettirib, qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini yanada tushirishga va’da bergan edi.

    Prezidentning ta’kidlashicha, iqtisodiyot pandemiya tufayli hali to‘liq tiklanmaganini, jahon iqtisodiyotidagi vaziyat yaxshi emasligini ro‘kach qilib QQS stavkasini tushirishni keyinga qoldirish taklifini bergan mutasaddilar ham bo‘lgan.

    Davlatimiz rahbari minbardan turib, shunday dedi:

    “Lekin, sizlarni ishontirib aytaman: biz islohotlar yo‘lidan hech qachon ortga qaytmaymiz va 2023-yil 1-yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 12 foizga tushiramiz!”
    Korzinka asoschisi Zafar Hoshimov muloqotda taklif berarkan, QQSga ham o‘z munosabatini bildirib o‘tdi: “QQSning pasayishidan hamma, eng birinchi navbatda, eng oxirgi iste’molchi bo‘lgan xalq yutadi”.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Voz kechilayotgan 2 trillion so‘m

    Joriy yil 1-iyuldan boshlab, bo‘sh bino, foydalanilmayotgan yer uchastkasiga nisbatan mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalarini qo‘llash bekor qilindi.

    Lekin, avval oshirib hisoblangan soliqlar nima bo‘ladi, degan savol 19 ming tadbirkorni bezovta qilmoqda va bu bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushgan.

    Shularni inobatga olib, Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarning oshirilgan soliq stavkalari bo‘yicha hisoblangan 2 trillion so‘mlik qarzlaridan butunlay voz kechishni taklif qildi.

    Aslida soliq sohasidagi yengilliklar qo‘llansa, barchaga birdek qo‘llanishi kerak. Kimgadir yengillik berib, boshqalarga berilmasa, o‘z-o‘zidan sog‘lom raqobat yo‘qoladi.

    1-iyuldan bo‘sh bino, foydalanilmayotgan yer uchastkasiga nisbatan mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalarini qo‘llash bekor qilinganda ko‘pchilik tadbirkorlar xursand bo‘ldi, ammo bungacha mana shu oshirilgan stavka qo‘llangan 19 ming tadbirkorga nisbatan biroz adolatsizlik bo‘lgandi.

    Bugun o‘sha adolat qayta tiklandi. Davlat 2 trillion so‘mlik soliq qarzlaridan voz kechadigan bo‘ldi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Endi eski hokim chiqargan qarorni yangi hokim bekor qilolmaydi

    Ochiq muloqotda yangragan yana bir muhim yangilik — yer va mulk ajratish haqidagi qarorlarni bekor qilish faqat va faqat sud tartibida amalga oshirilishi bo‘ldi.

    Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida barcha hokimlarning e’tiborini ushbu masalaga qaratdi: mulk huquqiga oid qarorlarni ular tomonidan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

    “Bo‘ldi endi, bir hokim keladi, ikkinchisi uning qarorini bekor qiladi. Prezident hokimni qarorni bekor qilish uchun qo‘ymaydi, tadbirkorni qo‘llash, xalqni rozi qilish, sharoitni yaxshilash uchun qo‘yadi.

    Bundan buyon yer va mulk ajratish haqidagi qarorlarni bekor qilish faqat va faqat sud tartibida amalga oshiriladi. Ya’ni, huquq beruvchi hujjatni faqat sud haqiqiy emas, deb topishi mumkin bo‘ladi”, — deya ta’kidladi Prezident.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Tadbirkorlarni jazolash emas, ularga yordam berish kerak

    Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan beshinchi yo‘nalish – tadbirkorlar faoliyatini nazorat qilish va ularni javobgarlikka tortish masalalari bilan bog‘liq.

    Bunda eng avvalo tadbirkorlarga nisbatan yangi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga 3 yillik moratoriy e’lon qilindi.

    Shuningdek, tadbirkorlarga nisbatan majburiyatlar yuklaydigan yangi qonun hujjatlari qabul qilinganda, yo‘l qo‘ygan xatosi uchun, tadbirkorga 6 oy davomida jazo qo‘llanilmaydi.

    Shuningdek, birinchi marta xato qilgan kichik biznes vakillariga jazo chorasi qo‘llanilmaydi. Buning o‘rniga kamchiliklarni bartaraf etishga soliq idoralari ko‘makchi bo‘ladigan tizim joriy etiladi.

    Jarimalar miqdori ham, tadbirkorlarning to‘layotgan solig‘idan oshib ketmasligi belgilanmoqda.

    Muloqot chog‘ida shuningdek, faol tadbirkorlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi, Prezident huzurida Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tuziladigan bo‘ldi va “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini ta’sis etish taklifi bildirildi.

    22.08.2022, 22:43   Izoh (0)   48577
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Sulton Sulaymon taxtda”. Andijondagi tuman hokimi Amir Olimxon, Asadbek va Sulton Sulaymonga qiyoslanmoqda

    22.08.2022, 22:37

    Sirdaryoda uyga o‘g‘rilikka tushgan shaxs 14 yoshli qizni pichoqlab o‘ldirdi

    22.08.2022, 22:26

    Jizzaxda mast haydovchi YPX xodimlaridan qochmoqchi bo‘ldi

    22.08.2022, 22:10

    O‘zbekistonda Finlyandiya ta’lim modeliga asoslangan nodavlat universitet ish boshladi

    22.08.2022, 21:58

    “Tadbirkorlikni rivojlantirishda ta’limga juda katta e’tibor berilyapti” — Namangan metallurgiya zavodi bosh direktori

    22.08.2022, 21:35

    “Prezidentning o‘zi har bir tadbirkorning murojaatidan xabardor bo‘lishi ajoyib” — Murod Nazarov

    22.08.2022, 21:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevroittifoqning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini bloklab turgan Slovakiya qaroridan qaytishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 13:34

    Rossiya va Belarus “an’anaviy qadriyatlarga asoslangan” sun’iy intellekt yaratmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 12:48

    AQSH davlat departamenti islohot vaji bilan 1 350 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatadi — CNN

    Dunyo | 13 iyul, 11:25

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38

    Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentra’da qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:14

    O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 09:32

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.