O‘zbekiston prezidenti Iordaniyaning oliy nishoni — “An-Nahda” (“Renessans”) ordeni bilan mukofotlandi.

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu mamlakatning oliy mukofotini davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Iordaniya Hoshimiylar podshohligi podshohi Abdulla II ibn al-Husayn shaxsan topshirdi.
“Ushbu mukofotni ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish borasidagi umumiy sa’y-harakatlarimizning munosib e’tirofi, shuningdek, mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratayotgan O‘zbekiston xalqiga do‘stona munosabat va hurmat ifodasi sifatida katta mamnuniyat bilan qabul qilaman”, dedi prezidenti.


Prezident ushbu yuksak mukofot O‘zbekiston va Iordaniya xalqlari o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik ramzi sifatida munosib o‘rin egallashini ta’kidladi. So‘zining yakunida podshoh Abdulla II ibn al-Husaynga mukofot uchun yana bir bor minnatdorlik bildirib, Iordaniya xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
Izoh (0)