Bugun va hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha avgust oyining oxirigi o‘n kunligi uchun me’yoriy qiymatlarga yaqin bo‘lgan qulay haroratli ochiq ob-havo saqlanib turadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Kechalari harorat 12-17 darajadan yuqori bo‘lmaydi. Haftaning birinchi yarmida kunduz kunlari harorat 27-30 daraja atrofida bo‘ladi, ish haftasining oxiriga kelib harorat 31-34 darajagacha biroz ko‘tariladi.
22—23-avgust kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi.
Eslatib o‘tamiz, dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga Ural hududidan salqin havo massasi kirib kelgandi.
Izoh (0)