Xitoyda neft va tabiiy gaz qazib olish joriy yilning dastlabki yetti oyida rekord darajaga yetdi, bu esa mamlakat iqtisodiyotini yaxshilash va xalqning turmush ehtiyojlarini qondirish imkonini berdi. Bu haqda Sinxua xabar bermoqda.
Hisobot davrida xom neft qazib olish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,7 foizga oshib, 120 mln tonnani, tabiiy gaz qazib olish hajmi esa 5,4 foizga oshib, 126,7 mlrd kub metrni tashkil qildi.
Ushbu davrda slanets neftini qazib olish, shuningdek, dengiz zonalarida xom neft va tabiiy gaz qazib olish 2021-yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 14,4 foiz, 7,9 foiz va 13,6 foizga oshgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 7 oyida Xitoyning xom neft importi 290 mln tonnaga yetgan bo‘lsa, tabiiy gaz importi esa qariyb 86,5 mlrd kub metrga yetgan.
Avvalroq neft narxi olti oylik eng past darajaga tushgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)