Redwire korporatsiyasi Yerdan tashqari bog‘dorchilik bo‘yicha tadqiqotlarni kuchaytirish uchun kelasi yil bahorida koinotda o‘zining birinchi tijoriy issiqxonasini ishga tushiradi. Bu haqida Reuters axborot agentligiga tayanib EastFruit xabar bermoqda.
Redwire issiqxonasining loyiha menejeri Deyv Ridning so‘zlariga ko‘ra, kosmik infratuzilma kompaniyasi loyihasi NASA’ning Artemis va boshqa loyihalari uchun muhim ma’lumotlarni taqdim etadi.
Artemis dasturi kosmonavtlarni Oyga jo‘natish va uzoq muddatli Oy koloniyasini tashkil etishni maqsad qilgan.
Redwire kompaniyasining birinchi mijozi tijorat qishloq xo‘jaligi texnologiyasi bo‘yicha Dewey Scientific kompaniyasi bo‘lishi aytildi. Yangi loyiha insoniyatning kosmosda ekin yetishtirish imkoniyatlarini kengaytirishi kerak.
Kompaniyaning zamonaviy “kosmik” mahsulotlari Xalqaro kosmik stansiyada tadqiqotlar o‘tkazish uchun to‘liq avtomatlashtirilgan o‘simlik yetishtirish tizimini o‘z ichiga olgan.
Izoh (0)