Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Dushanba, 15-avgust kuni Xitoyda talabning kamayishi va Eron energetika resurslarining jahon bozoriga qaytishi kutilayotgani tufayli neft narxi olti oylik eng past darajaga tushdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

15-avgust kuni e’lon qilingan rasmiy ma’lumotlar Xitoyning iyul oyida neftga bo‘lgan talabi mamlakatda COVID-19 tarqalishini oldini olish uchun qattiq karantin cheklovlari tufayli o‘tgan yilga nisbatan deyarli 10 foizga kam bo‘lgani ko‘rsatdi.

Shu bilan birga, Xitoyda o‘tgan oydagi chakana savdo va sanoat ishlab chiqarishi dinamikasi haqidagi hisobotlar ekspertlar prognozlaridan ham yomonroq bo‘lib chiqdi.

Endi biz Xitoy iqtisodining ahvolini ko‘rmoqdamiz va bu ko‘pchilik kutganidan ancha past darajada. Mamlakatda neftga talab kutilganidan past bo‘ladi, — deydi moliyaviy tahlilchi Jorji Uilkis.

Londonning ICE Futures birjasida soat 20:00 ga qadar Brent markali neftning oktabr fyucherslari narxi bir barrel uchun 94,31 dollarni tashkil etdi. Bu avvalgi sessiyaning yopilish narxidan 3,84 dollar (3,91 foiz) past.

Nyu-York tovar birjasida (NYMEX) sentabr oyidagi WTI neftiga fyucherslar shu vaqtga kelib 3,79 dollarga (4,12 foizga) pasayib, bir barrel uchun 88,3 dollarni tashkil qildi.

Eron rasmiylari esa sarmoyadorlarning yadroviy kelishuv qayta tiklanishi mumkinligi haqidagi optimizmini oshirib, o‘z neftining jahon bozoriga qaytishiga yo‘l ochdi.

Mamlakat Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyyan dushanba, 15-avgust kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Eron seshanba kunigacha yadroviy kelishuvni tiklash uchun Bryussel takliflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini Yevropa Ittifoqiga yetkazishini aytdi.

Eron TIV vakili kelishuvni imzolash uchun asoslar yaqin kelajakda paydo bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Avvalroq Yevropada gaz narxi mart oyidan beri birinchi marta 2 400 dollardan oshgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga harbiy texnika yuborayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan mamlakat Mudofaa vazirligi izoh berdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?