• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12500.01
    • RUB151.96
    • EUR14471.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Yoki ishlanglar, yoki joyni bo‘shatib qo‘yinglar!” — farm kompaniya rahbari soha mutasaddilariga keskin murojaat qildi

    Tadbirkorlar va mas’ullar ishtirokidagi navbatdagi uchrashuvda farmatsevtika sohasidagi dolzarb masalalar ko‘tarildi. “Laxisam” kompaniyasi asoschisi Shavkat Ismoilov soha mutasaddilarini keskin tanqid qildi. 

    “1994-yildan beri farmatsevtika bozorida ishlaymiz. Oxirgi paytda shunaqangi qiyinchiliklar bo‘lyaptiki, bu to‘g‘risida gapirmasdan ilojimiz yo‘q. So‘nggi besh-olti yildan beri farmatsevtika sohasida ko‘p korxonalar katta talafot ko‘ryapti.

    Bizda zavod bor edi. Bu zavodni qurib, 80-yillarda ishga tushirgan bo‘lsak, oxirgi besh yil ichida taqa-taq to‘xtab turibdi. Ilgari 130 kishi ishlagan bo‘lsa, hozir 20 kishini majburan besh yildan beri ushlab turibmiz. Sababi —  u yerda turgan texnikalar agar bir-ikki kun ishlamasa, mikroblar ko‘payib, mahsulotlar yaroqsiz bo‘ladi, majburmiz ishlatishga.

    Besh yildan beri oylik to‘layapmiz, soliq to‘layapmiz, xodimlarni ushlab turibmiz. Natija — nol. Eng asosiy muammo — bu ro‘yxatdan o‘tkazish. 

    ‘Farmkomitet’ deymiz, eskichasiga aytganda, ‘Farmprom’ deymiz. Ular butunlay befarq bu muammoga. ‘Farmprom’ning raisini men shu yerda hozir ko‘rib turibman. ‘Farmkomitet’ning raisini ham oldin ko‘rmaganman. Vaholanki, ilgari bular hammasi ishlab chiqaruvchining yonida bo‘lardi, hozir esa bular alohida dunyo, bizlar alohida dunyodek”.

    “Keling, ko‘ring tashkilotni. Ey, qiynayapti, yordam bering, deydigan bo‘lsa-chi, kelmaydi ham, qaramaydi ham. Qanaqasiga farmatsevtika rivojlanishi mumkin? Men alohida bularga bo‘ladigan e’tirozim shundan iborat. 

    Farmatsevtika sohasini tashkil qilish juda mashaqqat, lekin uni yo‘q qilish — uch sekundlik ish. Hozir farmatsevtika sohasida takomillashtirish, sifat, yana yaxshilaymiz deb, sohani yo‘qotishga olib kelyapti.
    Birorta yangi mahsulotni ishlab chiqarish — azob. Besh-olti yil burun ‘registratsiya substansiya’ degan narsani kiritildi, bundan juda katta talafot ko‘rdi farm sanoati. Biz dod qildik, faryod qildik, hech kim bizga quloq solmadi. 

    Mahsulotni ro‘yxatdan o‘tkazish juda qiyin. Oldin bizda ishlab chiqarilgan, sichqonda, boshqa hayvonlarda testdan o‘tgan mahsulotlarimiz besh yil turgandan keyin, yana ishlab chiqaramiz, desak, ‘yo‘q, qaytadan registratsiya qilasan’, deydi. Bunga bo‘lsa, yana ikki-uch yil vaqt ketadi, kamida. Qanaqasiga ishlash mumkin? Ishlab turgan narsani to‘xtatib qo‘ygan bo‘lsangiz davlat tashkilotlari aybi bilan, nega biz hozir yana qilishimiz kerak? Bu hammasi xarajat-ku! To qayergacha farmkorxonalar bunga chidashi mumkin? Chidab bo‘lmaydigan darajaga kelgan.

    Bizda ‘Kabmin’ning qaroriga asosan 155 kunda registratsiyadan o‘tkazish kerak, Bulardachi? Ikki yilgacha boryapti. Xohlasa qiladi, xohlamasa yotibdi. Ha, nega cho‘zilyapti, desangiz, mutaxassis yo‘q, ‘otpuska’da, kasal bo‘ldi, boshqa narsa bilan shug‘ullanyapti, qo‘l tegmayapti. Bu nima degan gap? 10 ming dollar registratsiyaga oladi farmkomitet, lekin o‘z vazifasini vaqtida bajarmaydi. 

    Oxirgi paytda Farmkomitet qonunga xilof ravishda DMF degan hujjatni talab qilyapti. Bu degan so‘z nima? Mana, misol uchun, sizlarga endi farmatsevtikadan uzoq odamlar tushunmasligingiz mumkin. Masalan, Coca-Cola uchta joyda seyfda o‘zining sirini saqlaydi, deyishadi. Biznikilar: ‘Yo‘q, menga o‘sha ‘sekreting’ni berasan, keyin registratsiya qilaman’, deydi. ‘E, bor-e, senga kerak bo‘lmasa, sen bilan ishlamaymi’, deb ketib yuborgani qancha. Axir hamma narsaning chegarasi bo‘lishi kerak-ku!

    Yetar shunchalik! Farmqo‘mita, ‘Farmprom’ raisiga murojaat qilmoqchiman: ey, ko‘zingizni ochinglar, qaranglar, qachongacha qiynaysizlar?  Hammasining gapi bir: sifatni kuchaytirish, takomillashtirish. Shiori boshqa, qiladigan ishi boshqa. ‘Farmkomitet’, ‘Farmprom’ ish uslubini tubdan o‘zgartirilmasa, falokatga boradi farm sanoati. Yoki ishlanglar, yoki joyni bo‘shatib qo‘yinglar. 

    Bizda hozir oldingiga nisbatan 10 barobar ishchilarimiz kamayib ketdi. Bizning viloyatlarda filiallar bor edi, har bir viloyatda. Hozir yopilib ketgan. Bu Farmqo‘mitaning olib borayotgan noto‘g‘ri siyosati, deb bilaman. Ish joyi tashkil qilish o‘rniga ish joylari yopilib ketyapti. Dori-darmonlar aholidan qochyapti. Bu nima degan gap, axir?”

    Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov tadbirkorning e’tirozlari to‘g‘ri ekanini ta’kidladi. Biroq yig‘ilishda Ismoilov aytgan masalalarni hal etish  bo‘yicha “konkret” yechimlar tilga olinmadi.

    29 iyul, 16:25   Izoh (0)   1593
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailand Kambodjaning 18 nafar harbiy xizmatchisini asirga oldi

    Dunyo | 29 iyul, 23:55

    Braziliyalik keksa ayol ChatGPT’ni sevib qolganini ma’lum qildi

    Dunyo | 29 iyul, 23:40

    “Isroil G‘azodagi siyosatini o‘zgartirmasa, London sentyabrda Falastinni tan olishga tayyor” — Buyuk Britaniya bosh vaziri

    Dunyo | 29 iyul, 23:25

    UFC reytingi yangilandi: o‘zbekistonlik sportchi Bogdan Guskov 3 pog‘ona yuqoriladi

    Sport | 29 iyul, 23:10

    Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 23:10

    O‘zbekistonda 75 foiz korrupsiyaviy jinoyatlar maishiy shaklda sodir etilayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 22:47

    O‘zbekistonda Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti ochiladi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.