“O‘zgidromet” 30-iyul—1-avgust kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi xavfidan ogohlantirdi.

To‘rtta viloyatda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin:
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolardan, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raldi.
Qayd etilishicha, respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.
Prognozlarga ko‘ra, ushbu hafta davomida respublika hududi bo‘yicha harorat foni deyarli o‘zgarmaydi. Ko‘pchilik viloyatlarda harorat asosan 32-37 daraja, respublikaning cho‘l hududlarida va janubida ba’zi joylarda 38-40 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)