Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahridagi tug‘uruqxona yopilishiga chaqaloqlar o‘limi sabab bo‘lgani haqida taxminlar paydo bo‘ldi. Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi buni rad etdi.
Rasmiy xabarda aytilishicha, Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi reja asosida umumiy tozalash-dezinfeksiya tadbirlari olib borilishi sababli 10-avgustdan rejali ravishda yopilgan. Bundan tashqari, bo‘lim binosida yengil ta’mirlash ishlari ham amalga oshirilmoqda.
Izoh (0)