O‘zbekistonda 18-avgust holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 243 638 (+15) tani tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallanganlarning:
- 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
- 1 nafari Qashqadaryo viloyatida;
- 2 nafari Xorazm viloyatida;
- 3 nafari Toshkent viloyatida;
- 8 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar;
- Buxoro viloyatida 13 nafar;
- Jizzax viloyatida 3 nafar;
- Qashqadaryo viloyatida 2 nafar;
- Namangan viloyatida 3 nafar;
- Samarqand viloyatida 4 nafar;
- Xorazm viloyatida 8 nafar;
- Toshkent viloyatida 4 nafar;
- Toshkent shahrida 17 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 241 387 (+56) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.
Izoh (0)