O‘zbekistonda 2022-yilning 6 oyi davomida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 10 trillion so‘mdan ortiqni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2022-yilning yanvar–iyun oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 10,2 trillion so‘mni tashkil etib, 2021-yilning yanvar–iyuniga nisbatan o‘sish sur’ati 121,3 foizga teng bo‘lgan. Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida eng katta ulushni telekommunikatsiya xizmatlari egallagan — 66,8 foiz.
Izoh (0)