Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

IT Park O‘zbekistonga ishlash maqsadida kelgan IT-mutaxassis — Nijniy novgorodlik Aleksandr Baklanov haqida hikoyani taqdim etdi.

Foto: IT Park

Foto: IT Park

Aleksandr “IT Solutions”, Rossiyadagi “RUS2” va “R2” texnologik kompaniyasi hamda Toshkentdagi “Technology-R2” va “Meta-R2” kompaniyalarining egasi va asoschisi.

Bundan tashqari, 20-avgust kuni Aleksandr va uning jamoasi butun mamlakat bo‘ylab “Meta-R2” tomonidan amalga oshiriladigan dizayn loyihasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

“IT Solutions” – bu, asosan, yirik loyihalar, ma’lum bozorda dasturiy ta’minot ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan kompaniya ya’ni aholining ma’lum bir segmenti bilan ishlaydi.

RUS2 - ommaviy brend, kuchli mahsulot kompaniyasi bo‘lib, u veb-saytlarni bepul yaratish, oylik qo‘llab-quvvatlash, har qanday tadbirkor yoki shaxs buyurtma berishi mumkin bo‘lgan federal loyihalar kabilarga ega.

“R2” texnologiya kompaniyasi – bu kichik va o‘rta biznes segmentida tayyor mahsulotlar, eksklyuziv yechimlar bilan shug‘ullanadigan kompaniya.

O‘zbekistonga ko‘chib o‘tish haqida

Aleksandr eslashicha, O‘zbekistonga ko‘chib o‘tish g‘oyasi dabdurustdan paydo bo‘lgan.

Rossiyada joriy qilingan sanksiyalar tufayli bank xizmatlari bilan bog‘liq ma’lum qiyinchiliklar yuzaga keldi. Avvaliga biz bu yerga faqat shaxsiy hisob ochish uchun kelishni o‘ylagandik, — deydi u.

Aleksandr may oyida kichik delegatsiya bilan Toshkentga kelgan. Ular IT Park Uzbekistan ofisiga tashrif buyurganida soliq imtiyozlari va preferensiyalar haqida xabar topadi.

Biz bu yerda kompaniya ochishga qaror qildik. IT Parkni qo‘llab-quvvatlash dasturidan foydalanib, kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazish va rezident maqomini olish uchun hujjatlarni taqdim etdik, — deydi Aleksandr.

Shundan so‘ng ular O‘zbekiston bozorini o‘rganishga kirishdi, uning istiqbollari, tadbirkorlarning munosabati, o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatgan mahsulotlarni baholadi.

Bozor bizni shunchalik hayratda qoldirdiki, statistik ma’lumotlarni olganimdan keyin shu yerda ofis ochishga qaror qildim. O‘sha kuni ofis uchun joy topdik va mebel sotib oldik. Uch kundan keyin ofis to‘liq ishlay boshladi. Hozirgacha 60 dan ortiq shartnoma tuzilgan va 60-70 ga yaqin muzokaralar olib borilmoqda” — deb eslaydi u.

Unga ko‘ra, qog‘ozbozlik bilan bog‘liq muammolar bo‘lmagan, hamma narsa joy-joyida, mutaxassislar barcha bosqichlarda faol ishlagan, aloqa bilan ham muammo yuzaga kelmagan.

O‘zbekistonning IT sohasi haqida

Aleksandrning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda IT sohasi hali endi rivojlanmoqda.

Qahramonning e’tirof etishicha, dastlab u ko‘p sonli binolarga shubha bilan qaragan, u bu yerda kim uchun shunday binolar qurilganiga hayron bo‘lgan, ammo ular to‘lishiga shubha yo‘qligini endi anglab yetdi.

Bu yerda mutlaqo barcha sharoit va imkoniyatlar mavjud: binolar, idoralar, muassislar uchun qulay soliqlar va daromad olishning foydali tizimi. Eng muhimi, ishlashni xohlovchi va tez o‘rganadigan kadrlar bor. Bu yerda bir nechta tillarni bilish rivojlanganini ham payqadim, bu juda kuchli ko‘rsatkich, — deydi.

Aleksandrga ko‘ra, o‘ta qimmat narxlardagi havo qatnovi O‘zbekistonning yanada faol rivojlanishiga imkon bermaydigan va umumiy taassurotni buzadigan kamchilik.

Sayohat qanchalik erkin va arzon bo‘lsa, shuncha ko‘p bitimlar amalga oshirilishi mumkin. Agar bu muammo hal etilsa, mamlakat tezda IT-xabga aylanadi.

O‘zbekiston taassurotlari

Aleksandr O‘zbekistonda o‘zini qulay his qilmoqda, bu yer unga juda yoqdi. Toshkentda u deyarli hamma narsani ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi. Qahramon bu yer yashil va toza ekanligini aytdi.

Sharq bozorlari Aleksandrda o‘chmas taassurot qoldirdi va bir so‘z bilan “o‘ziga xos” deya ifodaladi. Milliy matolar, esdalik buyumlari, bezakli idishlar ko‘zni qamashtiradi.

Milliy oshxona o‘zbeklarning g‘ururi ekanini bilaman. Ha, taomlar haqiqatan ham juda mazali, hammasini tatib ko‘rdim. O‘ylaymanki, tez orada mahalliy taomlarni o‘zim ham tayyorlashni boshlayman, — deydi Aleksandr.

U Toshkentdan tashqari Buxoro, Navoiy va Samarqandda bo‘lgan. Qahramonga hamma shaharlar, ayniqsa, Samarqand yoqqan. Shaharni poytaxt bilan taqqoslab, u shunday deydi: bular ikki xil dunyo, boshqa-boshqa mentalitet.

Aleksandrning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi sharoit kelajakda BAAdagidek bo‘ladi, ammo bu yerda hali ko‘p ishlar qilinishi kerak.

Aleksandr har qanday davlatni ikkita ko‘rsatkich bo‘yicha baholaydi:

  1. Qurilayotgan ko‘chmas mulk miqdori. Bu shuni anglatadiki, talab bor, chunki hech kim hech qachon sotilmaydigan narsaga millionlab sarmoya kiritmaydi. Toshkentda hamma joyda qurilish maydonchalari bor, demak, iqtisodiyot rivojlanmoqda, odamlar bu yerga kelib, mamlakat iqtisodiga pul sarflaydi.
  2. Bu taksilar narxi, agar u past bo‘lsa, bu yomon ko‘rsatkich.
Taksi narxi takliflar ko‘p-u, talab yetarli darajada bo‘lmagandagina arzon bo‘lishi mumkin. Bu yomon, chunki mamlakatning mehnatga layoqatli aholisi o‘rganish va rivojlanish o‘rniga taksi haydashni afzal ko‘radi, — deb tushuntiradi u.

Ammo, Aleksandrning so‘zlariga ko‘ra, buni tuzatish mumkin. Agar hukumat barcha sohalarni qo‘llab-quvvatlab, sarmoya kiritishda davom etsa, O‘zbekistonning kelajagi eng go‘zal va muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonch bildiradi.

Mahalliy aholi haqida taassurotlar

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat aholisi yumshoq fe’lli, mehmondo‘st, ozoda, boshqalarni juda hurmat qiladi va “siz” deb murojaat qiladi.

Men mahalliy aholining mehmondo‘stligiga qoyil qolishdan to‘xtamayman. Esimda: bir paytlar ko‘chada keksa er-xotin bilan gaplashgan edim, ular shunchaki yo‘lda otib ketayotgan edi. Uchrashuvimizdan deyarli bir daqiqa o‘tgach, ular meni palovga taklif qila boshladi, — deydi u.

Aleksandr o‘zbeklar juda tirishqoq va xushmuomala ekanligini ta’kidladi.

Odamlar ochiqko‘ngil. Men buni ish jarayonida payqadim: kompaniyalarga tijorat taklifi bilan qo‘ng‘iroq qildik. Ular “ha, albatta, yuboring” deb javob berdi. O‘zbekistonda tijorat takliflarini qabul qilish foizi 98 foizni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, Rossiyada bu 3 foiz. Odamlarga munosabat va mentalitetdagi farqning yaqqol misoli, deydi u.

U O‘zbekistonni hamkasblari, hamkorlari va tanishlariga tavsiya etishga ulgurdi. Mamlakat ularga ham yoqdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin prezidentlikdan ketsa, uning lavozimiga kim da’vogarlik qilishi mumkinligi ma’lum qilindi
Mahalliy
Qashqadaryoda tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi
Dunyo
Afg‘onistonda urush boshlagan AQSH, dispetcher xatoligi sabab qulagan samolyot va Putinning tug‘ilgan kunida o‘ldirilgan faol jurnalist. Kun xronologiyasida 7-okta...