O‘zbekistonda 18-avgust, chorshanba kuni tush payti magnit bo‘ronining G4 darajaga ega 6 balli o‘ta faol bosqichi kuzatiladi.
“O‘zgidromet” mutaxassisi Erkin Abdulahadovning ma’lum qilishicha, kun davomida G3 va G4 darajaga ega 5-6 ballik magnit bo‘ronlari bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
G4 darajali magnit bo‘roni yuqoriroq ta’sir kuchiga ega bo‘lib, 6 ballik magnit maydon geomagnit po‘rtana (shtorm) kuchiga ega. Bu kuch aloqa, elektr tarmoqlari, navigatsiya tizimi, sun’iy yo‘ldoshlar parvozi, quvur va trubalardagi induksiya oqimi, geologik qidiruv ishlari hamda inson salomatligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Kun davomida ko‘pchilikda bosh orqa qismida karaxtlilik va biroz ko‘ngil aynish holatlari kuzatilishi mumkin.
19-avgustda ham O‘zbekistonda davomli magnit bo‘roni bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)