Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli binoda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Holat yuzasidan FVV ma’lumot berdi.
18-avgust kuni soat 09:40 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Qori-Niyoziy ko‘chasida joylashgan 8-qavatli uyning 5-qavatida yong‘in ro‘y berganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 09:45 da yetib borib, yong‘in soat 09:56 da qurshab olingan va soat 09:58 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida xonadonning ayvon (balkon) qismini taxminan 18-20 kv.m maydonda ichki, shift qismi va uy-jihozlari yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in qo‘shni xonadonlarga o‘tib ketishning oldi olingan.
Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh (0)