Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekiston 15 ta davlatdan qiymati 57,2 million dollarga teng bo‘lgan 322 ming tonna kartoshka import qildi.
Qayd etilishicha, kartoshka importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 11,7 ming tonnaga oshgan. 2022-yilning 7 oyida O‘zbekiston eng ko‘p kartoshka import qilgan davlatlar:
- Pokiston — 257,9 ming tonna;
- Qozog‘iston — 23,5 ming tonna;
- Rossiya — 15 ming tonna;
- Qirg‘iziston — 9,4 ming tonna;
- Eron — 5,6 ming tonna;
- Niderlandiya — 5,3 ming tonna;
- Afg‘oniston — 4 ming tonna;
- Belarus — 631,6 tonna;
- Polsha — 559 tonna.
Izoh (0)