Xitoyning Sichuan provinsiyasi butun mamlakat bo‘ylab jazirama to‘lqini kuzatilayotgani sababli elektr taqchilligini yumshatish uchun barcha zavodlarni olti kunga yopib qo‘yishni buyurdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Sichuan yarimo‘tkazgichlar va quyosh panellari sanoati uchun asosiy ishlab chiqarish joyidir. Quvvatni taqsimlash dunyodagi eng yirik elektronika kompaniyalari, jumladan Apple, Foxconn va Intel’ga tegishli zavodlarga ta’sir qiladi.
Provinsiya, shuningdek, Xitoyning litiy qazib olish markazi — elektr avtomobil akkumulatorlarining asosiy komponenti hisoblanadi. Zavodlarning yopilishi xomashyo narxini oshirishi mumkin.
Xitoyning o‘nlab shaharlarida harorat 40 daraja Selsiydan oshib, oltmish yillikdagi eng jiddiy jazirama to‘lqini kuzatilmoqda.
Haddan tashqari issiqlik ofis va uylarda konditsionerlarga talabning keskin oshishiga olib keldi va elektr tarmoqlariga bosim o‘tkazdi.
Qurg‘oqchilik daryolar suvi darajasini va GESlarda ishlab chiqariladigan elektr energiyasini kamaytirdi.
Avvalroq dunyo aholisi xavfli darajadagi yuqori haroratga duchor bo‘layotgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)