Namangan viloyatida joylashgan To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi faoliyati favqulodda to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi. Energetika vazirligi IESga tabiiy gaz yetkazib berish tiklanganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasiga tabiiy gaz yetkazib beruvchi magistral gaz quvurida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilib, stansiyaga gaz yetkazib berilishi qayta tiklangan.
Soat 18:33 da 1-son energoblok tarmoqqa ulanib elektr energiyasini uzatishni boshladi. Stansiya soat 19:30 dan to‘liq quvvatda ishlay boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, yo‘qotilgan quvvatni tiklash uchun Toshkent, Yangi Angren, Sirdaryo IESlari hamda Chorvoq gidroelektr stansiyasidagi zaxira energobloklar ishga tushirilgan.
Izoh (0)