Amerikalik milliarder Ilon Mask “Manchester Yunayted” klubini sotib olishi haqida yozganlari hazil bo‘lganini ma’lum qildi.
Twitter’dagi postidan keyin foydalanuvchilardan biri Maskdan haqiqatda “Manchester Yunayted”ni sotib olish niyati jiddiy yoki yo‘qligi haqida so‘radi.
“Yo‘q, bu Twitter’dagi eski hazil. Men hech qanday sport jamoasini sotib olmayman”, — deya javob bergan Ilon Mask.
Mask “Manchester Yunayted”ga befarq emasligini ham qayd etib o‘tdi.
“Darvoqe, agar qandaydir jamoani sotib oladigan bo‘lsam ham, bu ‘Manchester Yunayted’ bo‘ladi. U bolalikda sevimli jamoam bo‘lgan”, — deya qo‘shimcha qiladi tadbirkor.
Izoh (0)