“Liverpul” klubi hujumchisi Muhammad Saloh Misrda yonib ketgan cherkov tiklash jarayonini qo‘llab-quvvatlash uchun katta miqdorda pul ajratdi.
Misrning Giza shahrida joylashgan qibtiylar cherkovida 14-avgust kuni yong‘in chiqqandi, natijada kamida 41 shaxs qurbon bo‘lgan, o‘nlab odam jarohat olgan.
Misrlik futbolchi hodisadan keyin cherkovni tiklash uchun 3 million Misr funti (154 ming yevro) ajratgan. Bu haqda Misr OAV xabar qilmoqda.
Bundan tashqari futbolchi voqea yuzasidan hamdardlik bildirgan.
Izoh (0)