Amerikalik tadbirkor, injener va milliarder Ilon Mask “Manchester Yunayted” futbol klubini sotib olish istagida ekanini ma’lum qildi.
Twitter sahifasida o‘z siyosiy qarashlari haqida gapirar ekan, ingliz klubini sotib olish istagida ekanini ham qo‘shib ketdi.
“Men Respublikachilar partiyasining o‘ng yarmini va Demokratik partiyaning chap yarmini qo‘llab quvvatlayman.
Bundan tashqari “Manchester Yunayted”ni sotib olyapman, xush kelibsiz”, — deydi Mask.
“Manchester Yunayted” klubi amerikalik aka-uka Gleyzerlarga tegishli. So‘nggi vaqtlarda klub sotilishi mumkinligi va unga qator xaridorlar borligi haqida xabarlar yangramoqda.
Izoh (0)