Surxondaryoda Cobalt olib beraman deb fuqaroni 110 mln so‘mga chuv tushirgan shaxs ushlandi.
Qiziriq tumanida 2022-yil 5-avgust kuni tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, tumanning “Yangi hayot” mahallasida yashovchi, Sh.Sh. (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
Unda shu tumanda yashovchi, S.I. 2021-yil iyun oyida Cobalt olib berishini aytib, 110 million so‘m pullarini yashash uyidan olib ketib, hozirgi kunga qadar Cobalt olib bermasdan ushbu pullarni o‘zining ehtiyojiga ishlatib yuborganini bildirgan.
5-avgust kuni S.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)